Tog‘aytemirda tibbiy ko‘rik tashkil etildi
📌O’zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi salomatligini mustahkamlash haqidagi qaror-farmonlari ijrosini ta’minlash, fuqarolar salomatligini yaxshilash maqsadida Dehqonobod tumanining “Tog‘aytemir” mahallasida mahalla ahli uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Аkademik Yo.X.To’raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali vrach endokrinologi Boltayev G’. tomonidan endokrinologiya bo’yicha tibbiy ko‘rik o’tkazildi.
📌Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik natijalari bilan aniqlangan birlamchi kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish uchun shifokorlar tomonidan kerakli va zarur bo’lgan tavsiyalar berildi.
Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Shavkat Amirovning ta’kidlashicha, bunday tibbiy ko’riklar ko’plab mahallalarda o’tkazilishi rejalashtirilgan.