Oʼzbekistonda tibbiyot – inson qadri uchun shiori!👨⚕️
19.11.2024 yil.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26- yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va koʼlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-102-sonli qarori ijrosini taʼminlash, endokrinologiya yoʼnalishida olib borilayotgan isloxotlarni joriy etilishida soxa mutaxassislarining maʼsulligini oʼrganish, xamda xududlarda amalga oshirilayotgan 40 yoshdan oshgan axolining endokrinlogik skrining jarayonlarini taxlil qilish maqsadida Аkademik Yo.X.Toʻraqulov nomidagi RIEIАTM Neyroendokrinologiya boʼlimi mudiri, t.f.d А.O.Xalikova va Markaz filiali xodimlari bilan birgalikda viloyatning Shahrisabz shahar KTMP va Kitob tumani KTMP va Qorabuloq 13-sonli oilaviy poliklinikasida seminar, monitoring hamda tibbiy skrining oʻtkazildi. Tibbiy koʼrik davomida 61 nafar fuqaro tibbiy skriningdan o’tkazildi. Shundan 2 nafari diabet oldi holati, 9 nafari semizlik aniqlandi. Potranaj xamshiralar tomonidan savolnomalar orqali amalga oshirilayotgan skrining jarayonlari oʼrganildi. Oʼrganish davomida oilaviy shifokorlar tomonidan aniqlangan diabet oldi xolati aniqlangan aholi bilan ishlash, sogʼlomlashtirish va ularni roʼyxatga olish hamda ambulator kartalarda qayd etish jarayonlari koʼrildi va skrining bo’yicha yanada to’liq tushintirish ishlari olib borildi.