Viloyatda endokrinologiya xizmatini kursatadigan bosh muassasa Qashqadaryo viloyat Endokrinologiya dispanseri bo`lib, dispanser 1980 yilda tashkil etilgan, 1981 yildan dispanser tarkibida 100 o`rinli statsionar ochilgan. Viloyat Endokrinologiya dispanseri 1958 yilda xom g`ishtdan qurilgan, moslashtirilgan bir qavatli binoda joylashgan edi, Siddiqov Jo`ra Siddiqovich rahbarligida ish boshlangan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 iyuldagi “Qarshi shahrini istiqbolli qayta qurish rejasi va zamonaviy yul-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish Dasturi to`g`risida”gi PQ – 2010 sonli, shu asosdagi viloyat xokimining 2013 yil 30 iyuldagi X-245/7 sonli qarorlariga asosan Qarshi shahrida olib borilayotgan keng qamrovli taʼmirlash ishlarini davom ettirish, shaharning O`zbekiston ko`chasida olib borilayotgan rekonstruktsiya ishlariga xalaqit bermaslik, Resbuplika Xukumati va Viloyat Xokimligi tomonidan berilgan topshiriqlarini ijrosini bajarish maqsadida VSSB ning 29.01.2016 yildagi chiqarilgan № 18T – sonli buyrug`iga asosan Viloyat Endokrinologiya dispanseri vaqtincha Viloyat 1 – son Аsab ruxiy kasalliklari dispanseridan ajratilgan binoga 2016 yil 1-4-fevral kunlari ko`chirildi. Muxtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning Qashqadaryo viloyatiga 2017 yil 24-25 fevral kunlari tashriflari, endokrinologiya soxasida ulkan imkoniyat eshiklari ochdi. Ushbu masala yuzasidan qiziqib, sobiq urologiya markazining bo`sh turgan binolarini endokrinologiya xizmati uchun qayta rekonstruktsiya qilib foydalanishga topshirish va endokrinologiya dispanseriga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali maqomi berilishi taklifini kiritdilar xamda shaxsan uzlari sobiq urologiya markaziga tashrif buyurib kerakli maslaxat va topshiriqlarini berdilar. Xurmatli Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev tashabbusi bilan boshlab berilgan sa`y-xarakatlar natijasida sobiq urologiya markazi negizida RIEIATM Qashqadaryo filiali binolarini qurish va taʼmirlash ishlari boshlandi. 2017 yil 1 mayda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qashqadaryo viloyati sog`likni saqlash muassasalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida»gi № 2938-sonli qarori eʼlon qilindi va bu qarorni ijrosini taʼminlash buyicha Vazirlar Maxkamasining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etildi. Ushbu chora-tadbirlar rejasiga ko`ra, Respublika «Uztibloyixa» MChJ tomonidan RIEIАTM Qashqadaryo filiali binolarining loyixasi tuzildi. Shundan sung sobiq Urologiya markazi negizida RIEIАTM Qashqadaryo filiali binolarini qurish rekonstruktsiya qilish ishlari jadallik bilan olib borildi va qurilish ishlari yakunlanib, 2018 yil 22 dekabr kuni sobiq urologiya markaziga koʼchiririb kelinib ishga tushirildi