2025-yil 19-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi va Kitob tumani tibbiyot birlashmasida RIEIATM Neyroendokrinologiya bo’limi mudiri tibbiyot fanlar doktori A.O.Xolikova tomonidan PQ-102-sonli qaror ijrosi o‘rganildi. Tadbir davomida birlamchi bo‘g‘inda endokrin xizmatning amaldagi holati tahlil qilinib, DMED elektron tizimida “D” nazorat ma’lumotlarini to‘liq va o‘z vaqtida kiritish, statistik hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlash hamda zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kadrlar bilan ta’minlash masalalari rahbariyat bilan muhokama qilinib, endokrinologlarni imtiyozli o‘qitish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
