Qandli diabet bilan og’rigan bemorlarni davolash uchun bizbning ushbu bo’limda sharoitlar, qulayliklar va alatta tajribali shifokorlar bor.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Y.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali ochildi.

Shifoxonada Qandli diabet kasalligidan keyingi Nefropatiya surunkali buyrak etishmovchiligi terminal bosqichi bilan asoratlangan bemorlar davolanishi uchun Gemodializ bo‘limi tashkil etildi. Gemodializ bo‘limida Germaniyaning “Fresenius Medical Care» fermasiga tegishli bo’lgan “Aqua Bplus” suvni tozalash stantsiyasi, xamda ushbu ishlab chiqaruvchining 10 dona 4008 S Classic sun’iy buyrak apparatlari o‘rnatilgan.
Bo‘limda Qandli diabet kasalligidan keyingi nefropatiya, surunkali buyrak etishmovchiligi terminal bosqichi bilan asoratlangan bemorlar gemodializ seansi oladi.
Bo‘limda 90 ta bemor gemodializ seansi olishga mo‘ljalangan.
Har seansga 10 ta bemor yotqiziladi. Bir kunda uch marta seans o‘tkaziladi. Shunda kuniga 30 ta bemor gemodializ seansi oladi.
Har bir bemor 3 kunda bir marotoba gemodializ seansini oladi.