O’zbekistonda tibbiyot – inson qadri uchun shiori!👨⚕️🧑🏻⚕️
2025-yil 19-sentyabr kuni Аkademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali vrach endokrinologi D.Karaxanova tomonida Qarshi tumani KTMPda skrining bo’yicha mashg’ulot bo’lib o’tdi.
Skrining bo’yicha tibbiyot xodimlari bilan suxbatlashildi. Shu jumladan tarqatma materiallar bilan ishlash yana bir bor tushintirildi.
Shu kunda 40 yoshdan oshgan aholi o’rtasida skrining o’tkazildi. Tibbiy ko’rikda 26 nafar fuqaro qatnashdi.
Shundan 14 nafarida qandli diabet 2-tur, 4 nafarida semizlik va 1 nafarida qandli diabet 1-tur, 1 nafarida qandli diabet oldi holati aniqlandi.
#19sentyabr #insonqadriuchun #tuman #skrining
Endokrinologiya markazi Qashqadaryo filiali
