Qarshi shahar, Otchopar mahallasi, Bunyod ko'chasi    +998752211986    Har kun 08:00 dan 15:15 gacha

Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktorining aholi va soha xodimlariga MUROJAATI

🗣 Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktorining aholi va soha xodimlariga

MUROJAATI

❗️ Hurmatli hamkasblar! Aziz vohadoshlar!

✅ Korrupsiya — davlat va jamiyat uchun jiddiy xavf. Shu bois yurtimizda barcha sohalar qatori sog‘liqni saqlash tizimida ham bu illatga qarshi keskin va murosasiz kurashish, turli byurokratik hamda inson omili bilan bog‘liq holatlarga barham berishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.

📌 Har bir ishda, jamoatchilikning faol ishtiroki va vohadoshlarimiz ko‘magisiz ushbu maqsad va marralarga erishish, tibbiyotni korrupsiyadan xoli, to‘laqonli xalqchil tizimga aylantirish mushkul. Shu sababli bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarimizni birlashtirish va o‘zaro hamkorlikda o‘z yechimini kutayotgan og‘riqli muammolarimizni yelkama-yelka turib, samarali hal etish yuzasidan Sizlarga murojaat qilmoqdaman!

💬 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi. Korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarash kerak”.

➡️ Shu ma’noda, bugun sohadagi yutuqni – yutuq, kamchilikni – kamchilik, deb aytib, tizimdagi “kasalliklar”ga to‘g‘ri tashxis qo‘yib, ularning davosini topishga birgalikda harakat qilishimiz zarur.

🔎 Ammo, afsuski, hali ham sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiya, byurokratiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi ayrim salbiy holatlar saqlanib qolyapti. Bu esa, tizimdagi islohotlar samaradorligiga putur yetkazib, xalqimizning tibbiyotga, fidoyi mutaxassislarimiz mehnatiga bo‘lgan ishonchini zaiflashtirmoqda.

Oldinda o‘z yechimini kutayotgan muammolar, davlatimiz rahbari oldimizga qo‘ygan talab va vazifalar ko‘p. Buni to‘laqonli uddalash uchun butun vohadoshlarimiz birlashib kurashishi zarur. Shundan kelib chiqib, biz korrupsiyaga qarshi kurashishda kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatishni muhim mezon, deb bilamiz.

❗️ Hurmatli vohadoshlar!

📲 Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlariga guvoh bo‘lsangiz yoki qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lsangiz, filialning +998752211986 raqamli «Ishonch telefoni» orqali murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin.

‼️ Shu o‘rinda, nafaqat korrupsion holatlarni barataraf etish, balki sohani yanada takomillashtirishda Sizning fikr va mulohazalaringiz biz uchun juda muhim ekanligini yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman.

Bobir TESHAYEV,
Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori