Oʼzbekistonda tibbiyot – inson qadri uchun shiori!👨⚕️🧑🏻⚕️
2025-yil 19-mart kuni Аkademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali vrach endokrinologi A.Muminova tomonida Qamashi tumani 47-OPda skrining bo’yicha mashg’ulot va tibbiy ko’rik bo’lib o’tdi. Ushbu mashg’ulotda hujjatlar bilan ishlash, skrining o’tkazish ketma-ketligi ko’rsatildi. Shu jumladan 22 nafar fuqaro tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Ulardan 1 nafar diabet oldi holati, 4 nafarida ortiqcha vazn, 1 nafarida semizlik va 1 nafar qandli diabet aniqlandi.
Mashg’ulot davomida 4 nafar UASH, 20 nafar patronaj va 10 nafar amaliyotchi hamshira o’qitildi.
#19mar #insonqadriuchun #tuman #skrining