Qarshi shahar, Otchopar mahallasi, Bunyod ko'chasi    +998752211986    Har kun 08:00 dan 15:15 gacha

G’uzor tumanida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

G’uzor tumanida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

📌O’zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi salomatligini mustahkamlash haqidagi qaror-farmonlari ijrosini ta’minlash, fuqarolar salomatligini yaxshilash maqsadida G’uzor tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Аkademik Yo.X.To’raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali vrach endokrinologi Qaraxanova D. tomonidan endokrinologiya bo’yicha tibbiy ko‘rik o’tkazildi.

Shundan hammasi bo’lib 23 nafar fuqarodan 14 nafarida 2-tur qandli diabet, 1 nafarida 1-tur qandli diabet, 7 nafarida qalqansimon bez kasalligi va 1 nafarida semizlik aniqlandi.

📌Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik natijalari bilan aniqlangan birlamchi kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish uchun shifokorlar tomonidan kerakli va zarur bo’lgan tavsiyalar berildi.