2024-yil 12-oktyabr kuni Аkademik Yo.X.To’raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali vrach endokrinologi A.Oralov. tomonidan Dexqonobod tumani KTMPda 40 yoshdan oshgan aholi o’rtasida tibbiy ko’rik bo’lib o’tdi. KTMPning oilaviy shifokorlariga skrining oʻtkazish tartibi tarqatma materiallar asosida tushintirildi va monitoring olib borildi.
Tibbiy koʼrik davomida 46 nafar fuqaro tibbiy skriningdan o’tkazildi.
Shulardan 3 nafarida semizlik, 1 nafar fuqaroda yangi qandli diabet, 2 nafar fuqaroda diabet oldi holati aniqlandi.