Mustaqillik bayrami arafasida ezgu ish
2025-yil 29-avgust kuni mustaqillik bayrami arafasida Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo filialning bir qator fidoyi xodimlari e’tirof etildi.
Bayram arafasida ular uchun sog‘lomlashtirish markazlariga yo‘llanmalar taqdim etildi, moddiy yordam ko‘rsatildi hamda farzandlariga yangi 2025–2026-o‘quv yilini quvonch bilan boshlashlari uchun o‘quv qurollari to‘plamlari sovg‘a qilindi.
Tadbir davomida filial direktori B.Teshayev va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi J.Jigayev tomonidan xodimlarning fidokorona mehnatini alohida e’tirof etib, ularga samimiy hurmat va minnatdorchiliklarini izhor etdilar.
Muassasada xodimlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi Mustaqillik bayramining chinakam mehr-oqibat va qadrlash bayrami sifatida nishonlanishini ham yaqqol ifoda etdi.